platina.uz
Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Donald Trampni tabrikladi

Uzoq muddatli va keng qamrovli munosabatlarni yangi bosqichga koʻtarish maqsadida AQSh prezidenti Oʻzbekistonga taklif qilindi.

Shavkat Mirziyoyev Donald Trampni tabrikladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev AQSh prezidenti etib saylangan Donald Trampni saylovdagi gʻalaba bilan tabrikladi.

"Biz bundan keyin ham Sizning boshchiligingizdagi AQSh Administratsiyasi bilan doʻstona aloqalarni izchil davom ettirishga, oliy va yuqori darajada erishilgan barcha kelishuvlarni toʻliq amalga oshirishdan manfaatdormiz.

Shuningdek, “S5+1” platformasi va “Markaziy Osiyo davlatlari bilan AQSh oʻrtasida savdo va investitsiyalar boʻyicha hadli Bitimi” doirasida mintaqaviy hamkorlikni yanada kengaytirish tarafdorimiz", deyiladi tabrikda.

Shuningdek, Oʻzbekiston rahbari Donald Trampni rasmiy tashrif bilan kelishga taklif qilgan.

Eslatib oʻtamiz, Donald Tramp AQSh prezidenti saylovida katta ustunlik bilan Kamala Xarrisni ortda qoldirdi va 47-prezident boʻldi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid