OAV: Tramp saylovdagi gʻalaba uchun yetarli ovoz toʻpladi
Fox News maʼlumotiga koʻra, Donald Tramp 277 saylovchi ovozini oldi. Gʻalaba qozonish uchun nomzod 270 dan ortiq ovoz olishi kerak edi.

AQSh OAVlaridagi soʻnggi maʼlumotlarga koʻra respublikachi Donald Tramp saylovni yutish uchun yetarli miqdorda ovoz toʻpladi.
Fox News prognozlariga koʻra, Donald Tramp 277 saylovchi ovozini oldi. Gʻalaba qozonish uchun nomzod 270 dan ortiq ovoz olishi kerak.
The Hill shuningdek, siyosatchini prezidentlik saylovlarida gʻolib deb ataydi, chunki u Pensilvaniya va Alyaskada Kamala Xarrisdan oʻzib ketdi va kerakli 270 saylovchi ovozini oldi.
The New York Times bashoratiga koʻra, Trampning prezident boʻlish ehtimoli 95 foizga baholanmoqda.
Avvalroq Trampning muvaffaqiyati fonida bitkoin narxlari oshgandi.
Agar Tramp saylovda yutsa, 47-prezidentga aylanadi vva ikkinchi bor lavozimga kirishadi.