platina.uz

Fargʻona va Qashqadaryo viloyatlariga hokimlar tasdiqlandi

Komiljon Xolmatov Fargʻonada, Ismigul Xushmurodova esa Qashqadaryoda xalq deputatlari kengashi raisi etib saylandi. 

Jamiyat
6-noyabr 2024 yil
Fargʻona va Qashqadaryo viloyatlariga hokimlar tasdiqlandi

Xayrullo Bozorov Fargʻona viloyatiga, Murotjon Azimov Qashqadaryo viloyatiga hokim sifatida tasdiqlandi.

Bugun Xalq deputatlari Fargʻona viloyati Kengashining yettinchi chaqiriq birinchi sessiyasi oʻtkazildi.

Sessiyada 44-Toshloq okrugidan saylangan deputat Komilov Xolmatjon Odilovich xalq deputatlari Fargʻona viloyati Kengashi raisi etib saylandi.

Shuningdek, sessiyada xalq deputatlari Fargʻona viloyati Kengashiga saylangan deputatlarning partiya guruhlari roʻyxatdan oʻtkazilib, viloyat Kengashining Reglamenti va doimiy komissiyalar toʻgʻrisidagi Nizom tasdiqlandi.

Maslahatlashuvda Prezident tomonidan Fargʻona viloyati hokimi lavozimiga Bozorov Xayrullo Hayitboyevich nomzodi koʻrsatilganligi bildirildi.

Xalq deputatlari Fargʻona viloyati Kengashi qaroriga muvofiq Bozorov Xayrullo Hayitboyevich Fargʻona viloyati hokimi lavozimiga bir ovozdan tasdiqlandi.

Bugun Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining VII chaqiriq, birinchi sessiyasi oʻtkazildi.

Sessiyada deputat Xushmurodova Ismigul Berdimurodovna Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashi raisi etib saylandi.

Shuningdek, sessiyada xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashiga saylangan deputatlarning partiya guruhlari roʻyxatdan oʻtkazilib, viloyat Kengashining reglamenti va doimiy komissiyalar toʻgʻrisidagi Nizom tasdiqlandi.

Maslahatlashuvda Prezident tomonidan Qashqadaryo viloyati hokimi lavozimiga Murotjon Azimov nomzodi koʻrsatilganligi bildirildi.

Nomzod deputatlarga hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning istiqboliga moʻljallangan oʻz dasturini taqdim etdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 122-moddasi hamda “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining VII chaqiriq, birinchi sessiyasi qarori bilan Azimov Murotjon Berdialiyevich nomzodi Qashqadaryo viloyati hokimi lavozimiga bir ovozdan tasdiqlandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+