platina.uz

Ergash Saliyev Jizzax viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi

Parda Shukurov esa xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashi raisi etib saylandi.

Jamiyat
6-noyabr 2024 yil
Ergash Saliyev Jizzax viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi
Foto: Jizzax viloyati hokimligi.

Ergash Saliyev Jizzax viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi. B haqda viloyat hokimligi xabar bermoqda.

Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashining yettinchi chaqiriq birinchi sessiyasi oʻtkazilgan. Unda viloyat Hududiy saylov komissiyasi raisi Shavkat Sharipovning joriy yil 27 oktabrda boʻlib oʻtgan saylov yakunlari toʻgʻrisidagi axboroti tinglandi.

Sessiyada deputat Shukurov Parda Shukurovich xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashi raisi etib saylandi.

Shuningdek, sessiyada xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashiga saylangan deputatlarning partiya guruhlari roʻyxatdan oʻtkazilib, viloyat Kengashining Reglamenti va doimiy komissiyalar toʻgʻrisidagi Nizom tasdiqlandi.

Maslahatlashuvda Prezident tomonidan Jizzax viloyati hokimi lavozimiga Saliyev Ergash Alibekovich nomzodi koʻrsatilganligi bildirildi.

Yakunda Saliyev Ergash Alibekovich Jizzax viloyati hokimi lavozimiga bir ovozdan tasdiqlandi.

Avval Samarqand, Xorazm, Navoiy viloyatlarida ham hokim tasdiqlangandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+