platina.uz
Jamiyat

Davlat ishtirokidagi korxonalarni tashkil etishda oldindan rozilik olmagan tashkilotlarga chora koʻrildi

Ular ichida Toshkent viloyati Kichik va yoshlar sanoat zonalarini boshqarish boʻyicha yagona direksiyasi, Oltinkoʻl tumani hokimligi kabilar bor. 

Davlat ishtirokidagi korxonalarni tashkil etishda oldindan rozilik olmagan tashkilotlarga chora koʻrildi

Davlat ishtirokidagi korxonalarni tashkil etishda rozilik olmagan tashkilotlarga chora koʻrildi.

Raqobat qoʻmitasi tomonidan 2024 yilning III-choragi davomida iqtisodiyotda davlatning ishtirokini qisqartirish boʻyicha davlat ishtirokidagi korxonalar va ularning affillangan shaxslarini tashkil etishda monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligini olinganligi masalalari yuzasidan monitoring ishlari olib borildi.

Oʻrganish ishlari davomida, 4 ta holatda davlat ishtirokidagi korxonalar va ularning affillangan shaxslarini tashkil etgan

-Andijon viloyati Oltinkoʻl tuman hokimligi;

-Toshkent viloyati Kichik va yoshlar sanoat zonalarini boshqarish boʻyicha yagona direksiyasi;

-Oʻzbekiston milliy kinematografiyani rivojlantirish markaziga (2 ta holatda) nisbatan “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonun, PF-6019-son Farmon hamda Vazirlar Mahkamasining 346-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablari buzilishi alomatlari yuzasidan yuqoridagi subʼektlarga nisbatan ish qoʻzgʻatildi. Ish natijasi boʻyicha tegishli choralar koʻrish yuzasidan belgilangan tartibda koʻrsatmalar berildi.

Jumladan, ushbu davlat ishtirokidagi korxonalarni tashkil etish boʻyicha qabul qilingan qarorni bozorda raqobat muhitiga taʼsir koʻrsatmaganligi sababli oʻz kuchida qoldirish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan.

Kelgusida qonunbuzilish holatiga yoʻl qoʻymaslik toʻgʻrisida koʻrsatma berildi.

Maʼlumot oʻrnida, “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonunning 24-moddasi, PF-6019-son Farmon hamda Vazirlar Mahkamasining 346-son qarori bilan tasdiqlangan (Davlat ishtirokidagi korxonalarni va ularning affillangan shaxslarini tashkil etish (qayta tashkil etish), ularning faoliyat turini oʻzgartirish, shuningdek, ular tomonidan aksiyalarni (ulushlarni) olish uchun monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligini olish tartibi toʻgʻrisida) Nizomga asosan davlat ishtirokidagi korxonalar va ularning affillangan shaxslarini tashkil etish (qayta tashkil etish) chogʻida monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligi olinishi lozim.

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid