platina.uz
Jahon

AQShdagi saylovning ilk natijalari eʼlon qilina boshlandi

Nomzodlar gʻalaba uchun 538 ta saylov ovozidan kamida 270 tasini qoʻlga kiritishi kerak. Tramp hozircha 214 ta ovoz toʻplashga ulgurdi. 

AQShdagi saylovning ilk natijalari eʼlon qilina boshlandi

AQShning aksariyat qismida saylovlar yakunlandi: dastlabki natijalar qanday?

5 noyabr kuni AQShda prezidentlik saylovlari boshlandi. Mahalliy vaqt bilan soat 21:00da 15 shtatdagi saylov uchastkalari yopildi, deb xabar bermoqda CNN.

Hozircha oxirgi natijalarga koʻra, Xarris 179 ta saylov ovoziga ega, Tramp esa 214 ta saylov ovoziga ega.

AQShdagi saylovning ilk natijalari eʼlon qilina boshlandi

Gʻalaba qozonish uchun nomzod kamida 270 ovoz olishi kerak.

CNN prognoziga koʻra, Tramp Luiziana, Vayoming, Janubiy va Shimoliy Dakota, Texas, Arkanzas va Janubiy Karolina shtatlarida gʻalaba qozonadi.

Xarris - Illinoys, Rod-Aylend, Delaverda.

Fox News hozirgi ovozlarni hisoblash holati haqida xabar beradi:

Tramp Alabama, Arkanzas, Arizona, Florida, Jorjiya, Ayova, Indiana, Kanzas, Kentukki va Luiziana shtatlarida yetakchilik qilmoqda.

Xarris - Kolorado, Kaliforniya, Konnektikut, Kolumbiya okrugi, Delaver, Gavayi, Aydaho, Illinoys, Massachusets, Merilendda gʻalaba qozonadi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid