platina.uz
Jamiyat

Yangi tugʻilayotgan chaqaloqlarning qariyb 52 foizi oʻgʻil bolalar ekani maʼlum boʻldi

Oʻzbekistonda soʻnggi toʻqqiz oyda 360 ming oʻgʻil bola va 333,9 ming qiz chaqaloq dunyoga kelgan. 

Yangi tugʻilayotgan chaqaloqlarning qariyb 52 foizi oʻgʻil bolalar ekani maʼlum boʻldi

Oʻzbekistonda 2024 yil yanvar-sentabr oylarida tugʻilgan chaqaloqlarning qariyb 52 foizi oʻgʻil bolalardir.

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2024 yilning yanvar-sentabr oylarida yurtimizda jami 693,9 mingta tugʻilish qayd etilgan.

Tugʻilganlarning 51,9 foizini oʻgʻil bolalar (360,0 ming), 48,1 foizini esa qiz bolalar (333,9 ming) tashkil etdi.

Shaharlarda tugʻilganlar soni — 343,4 ming (49,5 foiz),

Qishloqlarda tugʻilganlar soni — 350,5 ming (50,5 foiz) boʻldi.

Eslatib oʻtamiz, avval Oʻzbekistonda tugʻilishlar soni kamaygani maʼlum boʻlgandi. Toʻqqiz oyda 693 mingdan ziyod chaqaloq tugʻilgan (2023 yilda bu raqam 716 mingni tashkil etgan).

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid