platina.uz
Siyosat

Shavkat Mirziyoyev 5-6 noyabr kunlari Qirgʻizistonga boradi

Prezident Turkiy davlatlar tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etadi. 

Shavkat Mirziyoyev 5-6 noyabr kunlari Qirgʻizistonga boradi

Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkiloti majlisida qatnashadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovning taklifiga binoan Turkiy davlatlar tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etish uchun 5-6 noyabr kunlari amaliy tashrif bilan Bishkek shahrida boʻladi.

Bu galgi sammit kun tartibidan tashkilot doirasidagi koʻp tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari oʻrin olgan. Har doimgidek, siyosiy muloqotni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish, ishbilarmonlik aloqalarini ragʻbatlantirish, madaniy-gumanitar hamkorlikni kengaytirish vazifalari eʼtibor markazida boʻladi.

Yetakchilar xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashadilar.

Yigʻilish yakunida qator qoʻshma qaror va hujjatlar, jumladan, mamlakatimiz tashabbusi bilan ishlab chiqilgan Turkiy dunyo Xartiyasi qabul qilinishi koʻzda tutilgan.

Tavsiya etamiz

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid