Pentagon Rossiya hududidagi KXDR askarlari sonini maʼlum qildi
Shimoliy Koreyadan borgan askarlari soni 12 minggacha yetadi, ularning katta qismi urushning eng qaynoq nuqtalaridan biri boʻlgan Kursk viloyatida joylashgani aytilmoqda.

Shimoliy Koreyadan 11 mingdan 12 minggacha harbiy xizmatchi Rossiyaga yetib borgan, ulardan kamida 10 ming nafari Kursk viloyatida boʻlib turibdi, dedi 4 noyabr kuni boʻlib oʻtgan brifingda Pentagon matbuot kotibi general-mayor Pet Rayder.
Uning nutqi departamentning Youtube`dagi kanalida efirga uzatildi, deb yozadi Forbes.
Rayderning aytishicha, Pentagonda ularning jangga kirgani haqida hech qanday maʼlumot yoʻq, ammo Mudofaa vazirligi ular tez orada Ukraina kuchlarini qonuniy harbiy nishonga aylantira olishini kutmoqda.
Bir kun oldin Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ham razvedka maʼlumotlariga asoslanib, Rossiyada Shimoliy Koreyaning 11 ming askari borligini eʼlon qildi, ular urushning qizgʻin nuqtalaridan biri boʻlgan Kursk viloyatida joylashgan.
Rasmiy Moskva Shimoliy Koreya qoʻshinlari Rossiyada borligini inkor etmaydi, biroq ulardan qanday foydalanishni rejalashtirayotgani haqida gapirmaydi. Gʻarb Shimoliy Koreya harbiylarining ishtirokini Rossiya va Ukraina oʻrtasidagi mojaroning avj olishi deb hisoblamoqda.
Shuningdek, OAVda Shimoliy Koreya va Rossiya oʻrtasidagi kelishuv tafsilotlari maʼlum boʻldi. Unga koʻra, Rossiya KXDRga askarlar evaziga 600 ming tonna guruch berish majburiyatini olgan.