Normat Tursunov Navoiy viloyati hokimi etib tasdiqlandi
Xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashi raisligiga esa deputat Gʻofir Aliyev saylandi.

Normat Tursunov Navoiy viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qonunchilikka asosan, viloyat hokimi lavozimiga nomzod Prezident tomonidan koʻrsatilib, partiya guruhlari bilan maslahatlashuv oʻtkaziladi. Bugungi sessiya davomidagi maslahatlashuv natijalariga koʻra, Tursunov Normat Tulkunovich bir ovozdan Navoiy viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi.
Xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashi raisligiga 30-Tamabaxrin saylov okrugidan saylangan deputat Aliyev Gʻofir Quvatovich saylandi.

Sessiyada xalq deputatlari viloyat Kengashiga saylangan deputatlarning partiya guruhlari roʻyxatdan oʻtkazilib, viloyat Kengashining Reglamenti va doimiy komissiyalar toʻgʻrisidagi Nizom tasdiqlandi.
Eslatib oʻtamiz, bugun Samarqand va Xorazmda ham hokimlar tasdiqlandi.