platina.uz
Sport

Kelishilgan oʻyinlar uchun jinoiy javobgarlik belgilanmoqda

Mazkur qilmish takroran, koʻp mikdorda, juda koʻp miqdorda, tamagirlik yoʻli bilan, oldindan til biriktirib yoki uyushgan guruh tomonidan sodir etilganligi uchun ogʻirroq jazo nazarda tutilgan.

Kelishilgan oʻyinlar uchun jinoiy javobgarlik belgilanmoqda

Oʻzbekistonda kelishilgan sport oʻyinlari boʻyicha jinoiy javobgarlik belgilanmoqda.

Prezident tomonidan 4 noyabr kuni "Sport sohasida korrupsiyaning oldini olish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi OʻRQ-988-son Qonuni imzolandi.

Endilikda sport musobaqalari natijalarini yoki ularning borishini qasddan oʻzgartirish maqsadida sportchining, murabbiyning, sport hakamining yoxud sport musobaqalari boshqa ishtirokchilarining va tashkilotchilarining muayyan harakatni pora evaziga ogʻdirib olayotgan shaxs manfaatlarini koʻzlab bajarishi yoxud bajarmasligi evaziga qonunga xilof ekanligini bila turib, moddiy qimmatliklar olishi yoki mulkiy manfaatdor boʻlishi BHMning 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum kilish yoxud bir 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir 1 yildan 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Shuningdek, mazkur qilmish takroran, koʻp mikdorda, juda koʻp miqdorda, tamagirlik yoʻli bilan, oldindan til biriktirib yoki uyushgan guruh tomonidan sodir etilganligi uchun ogʻirroq jazo nazarda tutilgan.

Bundan tashqari, sport musobaqalari ishtirokchilari va tashkilotchilarini pora evaziga ogʻdirib olganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilanmoqda.

Bunda agar moddiy qimmatliklar bergan yoki mulkiy manfaatdor etgan shaxsga nisbatan moddiy qimmatliklar yoki mulkiy manfaat soʻrab tovlamachilik qilingan boʻlsa va ushbu shaxs jinoiy harakatlar sodir etilganidan keyin bu haqda 30 sutka ichida oʻz ixtiyori bilan arz qilsa, chin koʻngildan pushaymon boʻlsa va jinoyatni ochishda faol yordam bergan boʻlsa, u javobgarlikdan ozod etiladi.

Hujjat Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilingan va 2024 yil 4 noyabrdan kuchga kirdi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid