platina.uz
Jamiyat

Joʻrabek Rahimov Xorazm viloyati hokimi etib tasdiqlandi

Deputat Altibay Rajabov esa xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi raisi lavozimiga saylandi. 

Joʻrabek Rahimov Xorazm viloyati hokimi etib tasdiqlandi
Foto: Xorazm viloyati hokimligi.

Joʻrabek Rahimov Xorazm viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

Bugun xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashining yettinchi chaqiriq birinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi. Unda viloyat saylov komissiyasi raisining joriy yil 27 oktabrda boʻlib oʻtgan saylov yakunlari toʻgʻrisidagi axboroti tinglandi.

Sessiyada 14-Gʻozovot saylov okrugidan saylangan deputat Rajabov Altibay Begjanovich xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi raisi etib saylandi.

Shuningdek, sessiyada xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashiga saylangan deputatlarning partiya guruhlari roʻyxatdan oʻtkazilib, viloyat Kengashining Reglamenti va doimiy komissiyalar toʻgʻrisidagi Nizom tasdiqlandi. Sessiyada Rahimov Joʻrabek Rahimovich Xorazm viloyati hokimi lavozimiga bir ovozdan tasdiqlandi.

Avvalroq Erkinjon Turdimov Samarqand viloyati hokimi etib tasdiqlangandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid