platina.uz
Jamiyat

Infinbankka nisbatan jarima qoʻllanildi

Oʻrganishlar davomida bankning kredit xizmati reklama axborotida isteʼmolchilarni chalgʻituvchi maʼlumot berilganligi aniqlangan.

Infinbankka nisbatan jarima qoʻllanildi

Raqobat qoʻmitasi tomonidan Infinbankka nisbatan jarima qoʻllanildi.

Qoʻmita Raqobat qoʻmitasi tomonidan oʻtkazilgan oʻrganishlar davomida “INVEST FINANS BANK” AJning kredit xizmati reklama axborotida isteʼmolchilarni chalgʻituvchi maʼlumot berilganligi aniqlangan.

Jumladan, “INVEST FINANS BANK” AJ tomonidan Toshkent shahrining bir qator koʻchalarida joylashgan LED monitorli reklama obʼektlarida eʼlon qilingan "50 000 000 tanishlarsiz, 50 kun foizlarsiz, 5 yilga, taʼtil uchun, taʼmirlash uchun, texnika uchun" mazmunidagi reklama axboroti berilganligi kuzatildi.

Mazkur reklama boʻyicha bankning rasmiy veb-sayti oʻrganilganda, faqatgina “INFIN BLACK” kredit kartasi uchun 50 million soʻmgacha, 60 oyga, yillik 23,99 foizdan kredit ajratilishi, kartadan naqd pul yechish 2 foiz, kartadan kartaga pul oʻtkazish 1 foiz, alohida belgilanadigan foiz stavkasi yillik 25,55 foizdan 54,75 foizgacha koʻrsatilgan.

Kredit boʻyicha qoʻshimcha shartlar va muxim maʼlumotlar tashqi reklamada koʻrsatilmagan.

Yuqoridagilarga koʻra, Qoʻmita Maxsus komissiyasi tomonidan “Reklama toʻgʻrisida”gi hamda “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunlar talablari buzilish alomatlari yuzasidan “INVEST FINANS BANK” AJga nisbatan belgilangan tartibda ish qoʻzgʻatilib, natijasi yuzasidan moliyaviy jarima qoʻllash haqida qaror qabul qilindi.

Shuningdek, qonunbuzilish holatini bartaraf etish va kelgusida yoʻl qoʻymaslik boʻyicha koʻrsatma berildi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid