platina.uz

Erkinjon Turdimov Samarqand viloyati hokimi lavozimiga qayta tasdiqlandi

Qonunchilikka koʻra viloyat hokimi lavozimiga nomzod prezident tomonidan taqdim etiladi hamda ushbu nomzod boʻyicha partiya guruhlari bilan maslahatlashuv oʻtkaziladi.

Jamiyat
5-noyabr 2024 yil
Erkinjon Turdimov Samarqand viloyati hokimi lavozimiga qayta tasdiqlandi

Erkinjon Turdimov Samarqand viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.

Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining yettinchi chaqiriq birinchi sessiyasida navbatdagi masala sifatida viloyat hokimini tasdiqlash masalasi koʻrib chiqildi.

Qonunchilikka koʻra viloyat hokimi lavozimiga nomzod Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan taqdim etiladi hamda ushbu nomzod boʻyicha partiya guruhlari bilan maslahatlashuv oʻtkaziladi.

Shu munosabat bilan viloyat hokimi lavozimiga nomzod boʻyicha partiya guruhlari bilan maslahatlashuv oʻtkazish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi G.Mirzayev sessiya ishida ishtirok etdi. Maslahatlashuvda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Samarqand viloyati hokimi lavozimiga Erkinjon Turdimov nomzodi koʻrsatilganligi bildirildi.

Nomzod deputatlarga hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning istiqboliga moʻljallangan oʻz dasturini taqdim etdi.

Oʻzbekiston Konstitutsiyasining 122-moddasi hamda "Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida"gi Qonunning 2-moddasiga muvofiq xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining yettinchi chaqiriq birinchi sessiyasi qarori bilan Turdimov Erkinjon Oqbutayevich nomzodi Samarqand viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+