Toshkentda isitish mavsumi 7 noyabrdan boshlanadi
5 noyabr soat 00:00 dan boshlab issiqlik manbalaridan issiqlik muhitining aylanma harakati yoʻlga qoʻyiladi.

Toshkentda isitish mavsumi 7 noyabrdan boshlanadi. Bu haqda poytaxt hokimligi maʼlum qildi.
"Toshkent shahar hokimining qaroriga asosan, markazlashgan issiqlik taʼminotidan foydalanuvchi isteʼmolchilarni issiqlik bilan taʼminlash maqsadida, 5 noyabr soat 00:00 dan boshlab issiqlik manbalaridan issiqlik muhitining aylanma harakati yoʻlga qoʻyiladi.
Muvofiq ravishda, 7 noyabrdan boshlab issiqlik energiyasi bilan bosqichma-bosqich taʼminlash ishlari boshlanadi" deyiladi xabarda.
Eslatib oʻtamiz, 2023 yilda isitish mavsumi 6 noyabrdan boshlangan.