platina.uz

Prokuratura Alisher Usmonovga oid tergovni toʻxtatdi

Frankfurt bosh prokuraturasi Usmonovni 2017-2022 yillar oraligʻida millionlab yevrolik daromadning kelib chiqishini yashirishda ayblagan. 

Jahon
4-noyabr 2024 yil
Prokuratura Alisher Usmonovga oid tergovni toʻxtatdi

Frankfurt-na-Mayn bosh prokuraturasi rossiyalik milliarder Alisher Usmonovga nisbatan jinoiy pul yuvish boʻyicha tergovni toʻxtatdi. Bu haqda milliarderning advokatlari maʼlumot bergan.

Frankfurt prokurorlari tergovga oid qolgan savollarni federal prokurorlarga topshirdilar, ular esa hali izoh bermadi.

"Biz har doim mijozimizning aybsizligini taʼkidlab kelganmiz", dedi advokatlar Uve Lembruk, doktor Markus Gotsens. Ular bu qarorni Usmonov obroʻsini himoya qilish uchun muhim qadam deb atadi.

Advokatlarning soʻzlariga koʻra, ikki yil davomida tergov tadbirkorga qarshi dalil toʻplay olmagan.

2022 yil sentabrida Usmonovning Bavariyadagi villasida tintuvlar oʻtkazildi. Frankfurt bosh prokuraturasi u 2017-2022 yillar oraligʻida millionlab yevro daromad kelib chiqishini yashirish uchun "kompaniyalar va korporatsiyalarning keng va murakkab tarmogʻidan" foydalanganlikda gumonlanayotganini aytdi. Keyinroq sud tintuvlarni noqonuniy deb topdi va olib qoʻyilgan barcha ashyolarni qaytarib berishga qaror qildi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+