Poytaxtda Tashkent chess xalqaro shaxmat turniri oʻtkaziladi
Sovrin jamgʻarmasi 300 million soʻmni tashkil etuvchi xalqaro musobqada 12 va undan kichik yoshdagi bolalar ham ishtirok etishi mumkin.

Toshkent shahar hokimligi, Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasi va Sky Chess hamkorligida 16-22 dekabr kunlari poytaxtimizda Tashkent chess xalqaro shaxmat turniri boʻlib oʻtadi.
Musobaqa shaxmatning standart va blits yoʻnalishida oʻtkaziladi. Nufuzli turnirda shaxmatchilar FIDE reytingidagi ochkolariga qarab guruhlarga boʻlinadi.
Bundan tashqari, 12 va undan kichik yoshdagi bolalar ham musobaqa ishtirokchisiga aylanishi mumkin. Baxslarda ishtirok etmoqchi boʻlgan har bir talabgor telegramdagi @skychessuzb orqali onlayn roʻyxatdan oʻtishi zarur.
Sovrin jamgʻarmasi 300 million soʻmni tashkil etuvchi turnirda siz ham ishtirok eting va sovrindorlar qatorida boʻling.
Murojaat uchun telefon raqamlari: +998 78 120 00 25; +998 95 510 00 25.