Oʻzbekistonda havo harorati tushib ketishi kutilmoqda
5-8 noyabr kunlari respublika hududiga sovuq va nam havo massalari kirib keladi. Baʼzi joylarda harorat 3 daraja sovuqqacha pasayadi.

Oʻzbekistonda havo harorati tushib ketishi kutilmoqda.
Gidrometeorologiya xizmati agentligi tomonidan berilgan maʼlumotga koʻra, joriy yilning 5-8 noyabr kunlari Oʻzbekiston hududiga sovuq va nam havo massalari kirib kelishi kutilmoqda.
Havo harorati asta-sekin pasayadi va 7-8 noyabrda kechalari 0-5 daraja iliqni, baʼzi joylarda 3 daraja sovuq, kunduz kunlari 5-10 daraja iliqni tashkil etadi.
Respublikaning ayrim hududlarida shamol tezligi 13-18 m/s gacha, shimolda va choʻl hududlarda 20-23 m/s gacha kuchayishi mumkin.
5-6 noyabr kunlari respublika boʻyicha vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, togʻlarda qorga aylanadi, baʼzi joylarda kuchli boʻladi.
Oʻzbekistonning togʻ oldi va togʻli hududlarida 5-7 noyabr kunlari sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Respublika hududi boʻyicha yomgʻir suvlari toʻplanishi ehtimoli bor, bu esa hududlarni suv bosishiga olib kelishi mumkin.
Shu munosabat bilan, Favqulodda vaziyatlar vazirligi barcha fuqarolardan isitish moslamalaridan foydalanishda yongʻin va texnika xavfsizligi qoidalariga qatʼiy rioya qilishni soʻragan.