platina.uz
Jahon

Mayya Sandu Moldova prezidentlik saylovida yutganini eʼlon qildi

Amaldagi prezident birinchi turda 42 foizdan oshiq ovoz olgandi. U mamlakatni 2020 yildan beri boshqarib keladi. 

Mayya Sandu Moldova prezidentlik saylovida yutganini eʼlon qildi

Moldovaning amaldagi prezidenti, Yevropa bilan yaqinlashish tarafdori Mayya Sandu prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichida gʻalaba qozonganini eʼlon qildi.

Ovozlarni sanash hali yakunlanmagan, biroq Sanduning raqibi, mamlakatning sobiq bosh prokurori Aleksandr Stoyanoglo endi unga yetib olish imkoniga ega emas. Sandu xorijda yashovchi moldovaliklarning ovozlari evaziga gʻalaba qozondi.

Sanduning raqibidan ustunligi toʻqqiz foiz punktdan oshib ketgan va saylov uchastkalarining atigi ikki foizga yaqin ovozlari hisoblanmay qolganida, Sandu allaqachon gʻalabani eʼlon qilish mumkin, deb hisobladi. Agentliklarning xabar berishicha, Sandu Moldova ushbu saylovlarda gʻalaba qozonganini aytdi, mamlakatdagi va chet eldagi saylovchilarga minnatdorchilik bildirdi.

Mahalliy vaqt bilan tungi uch yarimdagi maʼlumotlarga koʻra, saylov uchastkalarining 98,9 foizi ovozlari sanab oʻtilganda, Sandu 55 foizdan koʻproq, Stoyanoglo mos ravishda 45 foizdan kam ovoz toʻplagan. Oxirgi olti-yetti foiz saylov uchastkalarida Sandu Stoyanogloni ortda qoldirib, oʻz peshqadamligini tez surʼatda oshirib bordi: oxirgilari xorijdagi saylov uchastkalari ovozlari hisoblandi va Yevropada yashovchi koʻplab moldovanlar Sanduni koʻpchilik qoʻllab-quvvatladi.

Eslatib oʻtamiz,Sandu birinchi turda 42 foizdan oshiq ovoz olgandi. U mamlakatni 2020 yildan beri boshqarib keladi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid