Mashhur bastakor Kuinsi Jons vafot etdi
U dastavval Frenk Sinatra bilan ishlagan, soʻngra Maykl Jekson bilan hamkorlikda mashhur Thriller albomini yaratgan. 28 karra "Gremmi" mukofoti sovrindori.

28 bor "Gremmi" mukofoti sovrindori boʻlgan Kuinsi Jons vafot etdi. U mashhur Frenk Sinatra bilan ishlagan va Maykl Jeksonning albomlarini ishlab chiqqan.
Jons 91 yoshda edi.
Quinci Jons 1933 yil 14 martda Chikagoda tugʻilgan. 1950 yillarda u Ella Fitsjerald, Peggi Li va kichik Semmi Devis uchun prodyuser va aranjirovkachi sifatida ishlagan.
1958 yilda u Frenk Sinatra bilan hamkorlik qila boshladi. Ular 1984 yilgacha, Sinatraning soʻnggi LA is my lady studiyaviy albomi chiqqunga qadar birga ishladilar.
1970 yillarning oxirida Jons Maykl Jekson bilan hamkorlik qila boshladi. U Jeksonga dunyo miqyosida shuhrat keltirgan Off the wall albomlarini, shuningdek, Thriller va Bad albomlarini ishlab chiqardi.
Oʻzining musiqiy faoliyati davomida Kuinsi Jons 28 marta "Gremmi" mukofotini qoʻlga kiritdi.