platina.uz
Biznes

"Chigʻanoq" loyihasining ilk namunasi nashrdan chiqdi

Loyiha doirasida bugungi oʻzbek sheʼriyati va nasrining koʻzga koʻringan navqiron vakillarining kitoblari bank moliyaviy koʻmagida chop etilishi koʻzda tutilgan.

"Chigʻanoq" loyihasining ilk namunasi nashrdan chiqdi

Yurtimizda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlashni yangi bosqichga olib chiqish, xalqimizning maʼnaviy-maʼrifiy, badiiy-estetik talablariga javob beradigan kitoblarni yuksak sifat bilan chop etish maqsadi "Mikrokreditbank" ATB tomonidan "Chigʻanoq" loyihasi ishlab chiqildi.

Loyiha doirasida bugungi oʻzbek sheʼriyati va nasrining koʻzga koʻringan navqiron vakillarining kitoblari bank moliyaviy koʻmagida chop etilishi koʻzda tutilgan. Mazkur loyiha boʻyicha dastlab 5 nafar muallifning kitoblarini nashr etish hamda talabga qarab davom ettirilishi maqsad qilingan.

Mualliflar Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida taʼsis etilgan nufuzli tahrir hayʼati hamda bank Rahbariyati tomonidan tanlandi.

Ushbu loyiha doirasidagi ilk asar – Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoir va yozuvchi Faxriddin Hayit ijodiga mansub boʻlgan "Osmon yerga yaqin" kitobi boʻldi va nashrdan chiqdi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid