Bektemir Meliqoʻziyev AQShda gʻalaba qozondi
U ikkinchi oʻrta vazn toifasida WBA chempionlik kamari uchun rasmiy va majburiy daʼvogarga aylandi.

AQShning Nevada shtati Las-Vegas shahrida davom etayotgan professional boks turnirida Bektemir Meliqoʻziyev gʻalaba qozondi.
Ikkinchi oʻrta vazn toifasidagi professional bokschimiz (15-1, 10 KO) amerikalik Devid Stivens(14-2, 10 KO)ga qarshi chempionlik kamari uchun saralash jangini oʻtkazdi.
Oʻn ikki raund toʻliq davom etgan murosasiz jangda Meliqoʻziyev hakamlarning ayri qarori bilan ochkolar (118-110, 117-111, 112-116) hisobiga koʻra gʻalaba qozondi. Hakamlardan ikki nafari hamyurtimizga, yana biri amerikalik bokschiga gʻalabani taqdim etgan.
Shu tariqa, Bektemir Meliqoʻziyev ikkinchi oʻrta vazn toifasida WBA chempionlik kamari uchun rasmiy va majburiy daʼvogarga aylandi.