“Toshkent yoshlarni sevadi” loyihasi doirasida SMM maktabda ilk darslar boshlandi
Mazkur oylik doirasida Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi 1000 nafar ayol-qizni SMM’ga bepul oʻqitish rejalashtirilgan.

Poytaxt hokimligi tashabbusi bilan Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi, 30 yoshgacha boʻlgan 1000 nafar qiz zamonaviy kasbga oʻqitilib, ularning bandligini taʼminlash va daromad topishlariga imkoniyat yaratish maqsadida loyiha eʼlon qilingandi.
Mazkur loyiha doirasida 25 oktabrgacha 3 mingga yaqin nomzodlar roʻyxatdan oʻtishdi. Ushbu roʻyxatdan oʻtganlar bilan bogʻlanib, talablarga mos keluvchi ayol-qizlar saralab olinmoqda. Ushbu jarayonda saralashdan oʻtgan ilk nomzodlar uchun 1 noyabrdan SMM maktabda darslar boshlandi.
Roʻyxatdan oʻtgan ayol-qizlar bilan bogʻlanib, ularni saralash va darslarga jalb etish ishlari davom etmoqda.