Oziq-ovqat uchun 3 ta hududda byudjetdan pul ajratilmagan
18 ta tuman va shaharda goʻsht, kartoshka, sabzi, piyoz va guruch bilan uzluksiz taʼminlashda sustkashlikka yoʻl qoʻyilmoqda.

Shavkat Mirziyoyev 18 ta tuman va shaharda bozorlarni goʻsht, kartoshka, sabzi, piyoz va guruch bilan uzluksiz taʼminlashda sustkashlikka yoʻl qoʻyilayotgani, oziq-ovqat jamgʻarmalari uchun Sirdaryo, Xorazm va Toshkent shahrida mahalliy byudjetdan mablagʻ ajratilmaganini tanqid qildi.
Navoiyda oʻtayotgan yigʻilishda davlat rahbari zaxira qilish ishlaridagi kamchiliklar uchun ayrim hududlarda kartoshka va goʻsht narxi oʻsganiga ham eʼtibor qaratdi.
Shuningdek, Bosh prokuratura, Raqobat qoʻmitasi va boshqa masʼul idoralarga zaxira yaratish, narx ustidan monitoring qilish boʻyicha hududiy ishchi guruhlar tuzish, narx eng yuqori oʻsgan tuman va shaharlarda bozorlarni barqarorlashtirish boʻyicha tezkor choralar koʻrish topshirildi.
Viloyat, tuman va shahar hokimlari oldiga 620 ming tonna mahsulot zaxirasini yaratish vazifasi qoʻyildi.