Oʻzbekiston Qahramoni Ahmad Narzulloyev vafot etdi
Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimligi maʼlumot berdi.
Jamiyat
1-noyabr, 9:40
Oʻzbekiston Qahramoni, surxondaryolik fermer Ahmad Narzulloyev 68 yoshida vafot etdi.
Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.
"Ahmad Narzulloyev hayoti va mehnat faoliyati davomida mamlakatimizda aholining turmush tarzini yaxshilashda, qishloq xoʻjaligi sohasi, xususan, fermerlik faoliyatini rivojlantirishda beminnat, fidokorona xizmat qilgan vatanparvar, jonkuyar va samimiy inson sifatida yurtdoshlarimizning qalbida mangu yashaydi" deyiladi Surxondaryo viloyatida hokimligi xabarida.