"Nasaf" oʻz tarixida ilk bor Oʻzbekiston chempioni boʻldi
Toshkentda oʻtgan bahsda qarshiliklar "Lokomotiv"ni kichik hisobda yengishdi.

Qarshining "Nasaf" jamoasi oʻz tarixida ilk Oʻzbekiston chempionligini qoʻlga kiritdi.
Bugun, 1 noyabr kuni futbol boʻyicha Oʻzbekiston chempionati Superliga bahslarining 23-turida Qarshining "Nasaf" jamoasi safarda Toshkentning "Lokomotiv" jamoasiga qarshi maydonga tushdi.
Uchrashuvda Roʻziqul Berdiyev boshchiligidagi "Nasaf" jamoasi raqiblarini 1:0 hisobida magʻlubiyatga uchratdi.
Ushbu uchrashuvdan soʻng qarshiliklar turnir jadvalida 52 ochko jamgʻargan holda muddatidan oldin oʻz tarixida ilk marotaba Oʻzbekiston chempioni nomiga sazovor boʻldi.
Uchrashuvda kiritilgan yagona golga Akmal Mozgovoy mualliflik qildi.
Taʼkidlash kerakki, 2001 yildan beri ilk bor viloyat jamoasi Oʻzbekiston chempioni boʻldi. 2001 yilda Fargʻonaning "Neftchi" klubi chempion boʻlgandi. 2023 yilda "Paxtakor" chempionlikni qoʻlga kiritgandi.