platina.uz

Toshkentda issiqlik taʼminoti narxlari 15 foizga oshirildi

Qonunchilikka koʻra, kommunal xizmatlar narxi oshadigan boʻlsa, kamida 15 kun oldin OAVda eʼlon qilinishi kerak.

Jamiyat
31-oktabr 2024 yil
Toshkentda issiqlik taʼminoti narxlari 15 foizga oshirildi

Toshkent shahar hokimi 31 oktabr kuni markazlashgan issiqlik taʼminoti xizmatlari uchun narxlarni 15 foizga oshirish haqidagi qarorni imzoladi.

Qaror bugundan kuchga kirishi bildirilgan, ammo qonunchilikka koʻra, kommunal xizmatlar narxi oshadigan boʻlsa, kamida 15 kun oldin OAVda eʼlon qilinishi kerak.

Veolia Energy Tashkent tomonidan koʻrsatiladigan markazlashgan issiqlik taʼminoti xizmatlari uchun narx(tarif)lar quyidagicha:

  • tartibga solinadigan bazaviy narx (tarif) va byudjet tashkilotlari tarifi amaldagi darajasida (mos ravishda QQSsiz 664 465 soʻm/Gkal va 801 963 soʻm/Gkal);
  • aholi uchun 121 617 soʻm/Gkal (QQSsiz) (avval 105 754 soʻm/Gkal edi);
  • boshqa ulgurji tashkilotlarga 244 497 soʻm/Gkal (QQSsiz) (avval 212 606 soʻm/Gkal edi).

Maʼlumot oʻrnida, poytaxtda issiqlik taʼminoti tizimini ishga tushirish haqidagi hokim qarori haligacha imzolanmadi.

Eslatib oʻtish kerak, oxirgi marta narxlar 2024 yilning 2 aprelida oshirilgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+