Saida Mirziyoyeva Marokashdagi moda marosimida qatnashdi
Marosimda moda sohasining yetakchi vakillari bilan uchrashish va eng iqtidorli dizaynerlarga mukofotlar topshirilishining guvohi boʻlganini bildirdi.
Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva Marokashda Fashion Trust Arabia mukofotlarini topshirish marosimida ishtirok etdi.
Ushbu nufuzli tadbir Yaqin Sharqdagi yosh dizaynerlarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgandir. Marosimda Shayx Ol-Mayassa bint Hamad bin Xalifa Ol Soniy hazrati oliyalari ham qatnashdi.
"Marokash malikasi Lalla Hasnaga mehmondoʻstligi uchun, Shayx Ol-Mayassa bint Hamad bin Xalifa Ol Soniyga esa unutilmas taassurotlarga boy ushbu kunlarni baham koʻrgani uchun samimiy minnatdorligimni bildiraman", deb yozdi prezident yordamchisi.
Fashion Trust Arabia moda marosimiga 2018 yilda asos solingan boʻlib, unda arab davlatlarining moda va dizayn guruhlari ishtirok etadi.