Poytaxt bank Buxoroda birinchi hududiy bank xizmatlar markazini ochdi
Bankning yangi markazi aholiga moliyaviy maslahatlar, kreditlar, omonatlar va boshqa xizmatlarni koʻrsatadi.
30 oktabr kuni Poytaxt bank mijozlariga yanada yaqin boʻlish va hududiy tarmoqlarini kengaytirish maqsadida Buxoro shahrida yangi bank xizmatlar markazini ochdi.
Ushbu muhim qadam bankning moliyaviy xizmatlarni nafaqat Toshkentda, balki Oʻzbekistonning turli hududlarida ham taqdim etishga intilayotganini namoyish etadi.
Yangi markaz Buxoro shahri, Hamza koʻchasi, 8-uy, 1-xonadonda joylashgan boʻlib, aholiga moliyaviy maslahatlar, kreditlar, omonatlar va boshqa xizmatlarni koʻrsatadi.
Qayd etish kerakki, bu Poytaxt bank’ning yurt boʻylab xizmat tarmogʻini kengaytirish va sifatini yangi darajaga olib chiqish yoʻlidagi muhim qadamdir.
Maʼlum qilinishicha, Poytaxt bank Oʻzbekiston boʻylab bank xizmatlar markazlarini ochishni yana davom ettiradi.