platina.uz

Markaziy saylov komissiyasi saylangan deputatlar roʻyxatini eʼlon qildi

Saylovni yutgan Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov, Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov, Ekologiya vaziri Aziz Abduhakimov, Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarovalar bu roʻyxatda yoʻq. 

Siyosat
31-oktabr 2024 yil
Markaziy saylov komissiyasi saylangan deputatlar roʻyxatini eʼlon qildi

Markaziy saylov komissiyasi bir mandatli saylov okruglari boʻyicha Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga deputatlar saylovining natijalari toʻgʻrisidagi qaror matnini hamda saylangan deputatlar roʻyxatini eʼlon qildi.

Unga koʻra, joriy yil 27 oktabrda oʻtkazilgan bir mandatli saylov okruglari boʻyicha Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga deputatlar saylovi oʻtgan va haqiqiy deb topilgan.

Qaror bilan, shuningdek, bir mandatli saylov okruglari boʻyicha Qonunchilik palatasiga saylangan 75 nafar deputat roʻyxatga olinishi belgilangan.

Shu bilan birga, MSK yagona saylov okrugi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga partiyalar roʻyxati asosida saylangan deputatlarni roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi qarori hamda saylangan 75 nafar deputat roʻyxatini ham eʼlon qildi.

Siyosiy partiyalar roʻyxati boʻyicha saylangan deputatlar roʻyxati beshta partiya rahbarlari ham bor.

Hujjatga muvofiq, Qonunchilik palatasining roʻyxatga olingan deputatlariga belgilangan tartibda guvohnoma va koʻkrak nishonlari tarqatiladi.

Deputatlikka nomzodini qoʻygan va gʻolib chiqqan vazirlar, jumladan Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov, Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov, Ekologiya vaziri Aziz Abduhakimov, Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarovalar oʻz lavozimlarida qolishni maʼqul koʻrishgan. Ular gʻolib chiqqan hududlarda ikkinchi oʻrinni olgan nomzodlar deputat etib saylangan.

Eslatib oʻtamiz, 27 oktabr kungi saylov natijalariga koʻra, OʻzLiDep birinchi oʻrinni egalladi. "Milliy tiklanish" ikkinchi oʻrindan joy oldi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+