platina.uz
Iqtisod

Markaziy bank asosiy stavkani oʻzgarishsiz qoldirdi

2024 yil sentabr oyida umumiy inflyatsiya yillik 10,5 foizni tashkil etib, III chorak davomida oʻzgarmagan. 

Markaziy bank asosiy stavkani oʻzgarishsiz qoldirdi

Oʻzbekiston Markaziy banki asosiy stavkani 13,5 foiz miqdorida oʻzgarishsiz qoldirdi.

Makroiqtisodiy rivojlanish prognozlari va inflyatsiya omillari boʻyicha kutilmalardan kelib chiqib, Markaziy bank boshqaruvi asosiy stavkani yillik 13,5 foiz darajasida saqlab qolish toʻgʻrisida qaror qabul qildi.

2024 yil sentabr oyida umumiy inflyatsiya yillik 10,5 foizni tashkil etib, III chorak davomida oʻzgarishsiz qoldi. Bazaviy inflyatsiya dinamikasi yuqori isteʼmol talabi, yoqilgʻi resurslari narxi va tariflarini erkinlashtirilishini xizmatlar narxlariga oʻtishi hamda ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxining oshishi taʼsirida sentabr oyida yillik 7,1 foiz doirasida shakllandi.

Meva va sabzavotlar oʻrtacha narxlarida pasayish dinamikasi davom etib, umumiy inflyatsiyani pasaytiruvchi omillardan boʻlmoqda.

Oktabr oyidagi haftalik kuzatuvlar isteʼmol tovarlari narxlarining nisbatan barqaror boʻlganligini va oylik oʻzgarish oʻtgan yilning mos davridagi koʻrsatkichlardan past shakllanishini koʻrsatmoqda.

Aholi va tadbirkorlarning inflyatsion kutilmalari hamda inflyatsiyaning joriy va prognoz darajasi oʻrtasidagi tafovut yuqoriligicha qolmoqda.

Sentabrda oʻtkazilgan soʻrov natijalariga koʻra, aholining inflyatsion kutilmalari 13,3 foizni, tadbirkorlarning kutilmalari esa 12,6 foizni tashkil etdi.

Joriy yilning soʻnggi choragida nisbatan qatʼiy pul-kredit sharoitlari taʼsirida inflyatsion jarayonlarning maʼlum darajada pasayishi hamda yil yakunida umumiy inflyatsiyaning 9,5 foiz atrofida shakllanishi kutilmoqda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid