Taniqli kinoprodyuser vafot etdi
Qudratilla Fayzullayev koʻplab oʻzbek filmlarida prodyuserlik qilgan.

Taniqli kinoprodyuser, Oʻzbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi aʼzosi Qudratilla Fayzullayev vafot etdi.
Bu haqda Kinematografiya agentligi xabar berdi. Fayzullayev koʻplab oʻzbek kinolarida prodyuserlik qilgan. Uning soʻnggi ishlarini "Ipak" ("Puling boʻlsa..."), "Maktab – hayotim" kabi kartinalar orqali eslash mumkin.