platina.uz
Jahon

Rossiya va Ukraina energetika obʼektlariga zarba bermaslikni muhokama qilayotgani aytildi

Muzokaralar Qatar vositachiligida oʻtkazilmoqda, deya yozadi Financial Times. 

Rossiya va Ukraina energetika obʼektlariga zarba bermaslikni muhokama qilayotgani aytildi

Rossiya va Ukraina Qatar vositachiligida bir-birining energetika infratuzilmasiga hujumlarni toʻxtatish boʻyicha "dastlabki muzokaralar"ni boshladi, deb yozadi Financial Times manbalarga asoslanib.

Muzokaralar bilan tanish boʻlgan diplomatning soʻzlariga koʻra, bu" biror narsaning qayta tiklanishi haqidagi juda erta muzokaralar"dir.

Moskva va Kiyev energiya obʼektlariga hujumlarni toʻxtatish boʻyicha Qatar vositachiligida "yashirin muzokaralar"ni boshlashni rejalashtirgan. Bu haqda avgust oyida The Washington Post manbalariga tayanib yozgan edi.

Tomonlar" kelishuvga yaqin edi", biroq muzokaralar Ukraina Qurolli kuchlarining Kursk viloyatiga bostirib kirishi tufayli toʻxtatildi, deya taʼkidlaydi FT.

“Turkiya bizga energiya obʼektlariga zarba bermaslikni, atom energetika obʼektlariga hujum qilmaslik va Qora dengizdagi fuqarolik tijorat flotiga zarba bermaslikni taklif qildi. Prezidentimiz bir qarorga keldi va shunday dedi: "Ha, keling, shunday qaror qabul qilaylik", degan Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Sergey Shoygu.

Biroq, uning soʻzlariga koʻra, Ukraina oxir-oqibat kelishuvdan voz kechgan.

Agar Ukraina va Rossiya energetika infratuzilmasiga hujum qilmaslikka kelishib olsa, bu tinchlikni yanada yaqinlashtiradi, degan Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy.

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Shoyguning soʻzlariga javoban" aniq kelishuvlar boʻlmaganini" taʼkidladi.

"Endi Kursk viloyatidagi vaziyat fonida qandaydir kelishuvlarga erishish mumkinligini tasavvur qilish qiyin", dedi Peskov.

FT maʼlumotlariga koʻra, oʻtgan yilning kuzida Kiyev va Moskva bir-birining energetika obʼektlariga zarba bermaslik toʻgʻrisida "sokin kelishuv"ga erishgan. Biroq neftni qayta ishlash zavodlariga uchuvchisiz samolyotlar tomonidan qilingan hujumlar tufayli Rossiya tomoni bu kelishuvlarni buzilgan deb hisobladi, deb yozadi gazeta. Zelenskiy sentabr oyida Rossiya zarbalari natijasida barcha issiqlik elektr stansiyalari va GES quvvatining katta qismi vayron boʻlganini aytgan edi. Mamlakat energetika tizimi 80 foizga vayron boʻlgan, deya taʼkidladi Ukraina rahbari va millionlab ukrainaliklar qishda issiqliksiz qolishi mumkinligidan ogohlantirdi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid