platina.uz

Raqobat qoʻmitasi Jizzaxda uchta klasterga nisbatan ish qoʻzgʻatdi

Ulardan biri paxta mahsulotlarini birja kotirovkalaridan past va baland narxlarda sotgan. Ikki klaster esa paxta shroti narxini keskin koʻtarib yuborgan. 

Jamiyat
30-oktabr, 16:17
Raqobat qoʻmitasi Jizzaxda uchta klasterga nisbatan ish qoʻzgʻatdi

Raqobat qoʻmitasi Jizzaxda uch klasterga chora qoʻlladi.

Qoʻmitaning Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan birja savdolarini oʻtkazishda raqobatni cheklashga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin boʻlgan harakatlarni taqiqlash boʻyicha qonunchilik hujjatlari buzilishlari yuzasidan oʻrganish ishlari olib borilgan.

Unda “JIZZAX INDUSTRIAL TO`QIMA” MChJ paxta toʻqimachilik klasteri tomonidan paxta tolasi va texnik chigit mahsulotlarini toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida sotilganligi aniqlandi.

Shundan, 321,7 tonna paxta tolasini birja kotirovka narxlariga nisbatan yuqori narxlarda va 1021 tonna paxta tolasini birja kotirovka narxlariga nisbatan past narxlarda sotish holatlari hamda 2536 tn texnik chigit mahsuloti birja kotirovka narxlari bilan solishtirilganda past narxlarda sotilganligi maʼlum boʻldi.

Oʻrganish natijalariga koʻra, Jizzax viloyati hududiy boshqarmasining Maxsus komissiyasi tomonidan “Raqobat toʻgʻrisida”gi qonun va Vazirlar Mahkamasining 170-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablari buzilishi alomatlari bilan “JIZZAX INDUSTRIAL TO‘QIMA” MChJga nisbatan ish qoʻzgʻatilib, natijasi yuzasidan belgilangan tartibda tegishli taʼsir chorasi qoʻllanildi.

Shuningdek, paxta shroti boʻyicha birja savdolarida ishtirok etgan “PAXTAKOR SIFAT YOG‘” MChJ, “JIZZAX KENTEKS” MChJ va “BAXMAL QUYOSH NURI” MChJlar tomonidan narxlarni kelishgan holda keskin oshirganlik alomatlari mavjudligi aniqlanib, “Raqobat toʻgʻrisidagi” qonunning 19 moddasi (raqobatga qarshi kelishuvlarni va muvofiqlashtirilgan harakatlarni taqiqlash) talablari buzilishi alomatlari mavjudligi yuzasidan hududiy boshqarma Maxsus komissiyasi tomonidan ish qoʻzgʻatilib jamiyatlarning mansabdor shaxslariga nisbatan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+