Ispaniya sharqida tornado va kuchli suv toshqinlari sodir boʻldi
Valensiya hududi rahbari Karlos Meyson suv bosgan hududlarda jasadlar topilganini tasdiqladi. Ularning soni nomaʼlum.

Ispaniyaning sharqiy qismida tornadolar va kuchli suv toshqinlari sodir boʻldi. Bir necha kishi bedarak yoʻqolgan.
"Dana" tornadosi Ispaniya janubi-sharqida kuchli suv toshqini keltirib chiqardi: kuchli yomgʻir sabab daryolar oʻz qirgʻoqlaridan toshib, bir qator hududlarga katta zarar yetkazdi.
El-Mundo nashriga koʻra, tabiiy ofatdan eng koʻp Valensiya va Albasete hududlari jabr koʻrgan.
Valensiya rahbari Karlos Meyson suv bosgan hududlarda jasadlar topilganini tasdiqladi. Ularning soniga hozircha aniqlik kiritilmagan.
Shuningdek, Valensiyada kamida bir kishi bedarak yoʻqolgan, Albaseteda esa olti kishi bedarak yoʻqolganlar deya hisoblanmoqda.