platina.uz

Fargʻonada jamoat transporti narxlari oshirildi

Viloyat shaharlaridagi avtobuslarlarda bir kishi uchun chipta narxi 3 ming soʻm etib belgilandi. Elektron toʻlov orqali esa bu miqdor 2400 soʻmni tashkil etadi.

Jamiyat
30-oktabr, 9:32
Fargʻonada jamoat transporti narxlari oshirildi

Fargʻona viloyatida jamoat transportining yangi tabaqalashtirilgan narxlari belgilandi. Bu haqda hokim Xayrulla Bozorovning qarori eʼlon qilindi.

Unga koʻra, viloyat shaharlaridagi avtobuslarlarda bir kishi uchun chipta narxi 3 ming soʻm etib belgilandi. Elektron toʻlov orqali esa bu miqdor 2400 soʻmni tashkil etadi.

Yoʻnalishli taksilar (mikroavtobuslar) uchun narxlar 4 ming soʻm etib belgilangan. Avtobuslarda 7 yoshgacha boʻlgan bolalardan haq olinmaydi.

Shuningdek, qaror ilovasiga muvofiq, jamoat transporti tarif rejalari tasdiqlandi. Unga koʻra, oylik tarif oddiy yoʻlovchilar uchun 200 ming soʻm, pensioner va talabalar uchun esa 100 ming soʻmni tashkil etadi. Bir yillik tarif oddiy yoʻlovchilarda 2,3 mlnni, pensionerlarda 1 mln 150 ming etib belgilangan.

Agar yoʻlovchilar birinchi avtobusga 2400 soʻm toʻlov qilib, bir soat ichida ikkinchi avtobusga oʻtsa 1600 soʻm toʻlaydi, uchinchisi esa tekin boʻladi.

Mazkur qaror 2024 yil 29 oktabrda eʼlon qilingan va shu kundan kuchga kirgan deya hisoblanadi.

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+