Xitoyda milliarderlar soni keskin kamaymoqda
Mamlakatda hozirda 753 ta dollar milliarderlari bor. Kamayish sababi sifatida fond bozorlaridagi pessimistik kayfiyat, hokimiyat tomonidan tazyiq va cheklovlar ham keltirilmoqda.

Financial Times gazetasining Hurun tadqiqot instituti maʼlumotlariga koʻra, soʻnggi uch yil ichida Xitoyda dollar milliarderlari soni uchdan bir qismdan koʻproqqa kamaydi.
Hurun maʼlumotlariga koʻra, mamlakatda milliarderlarning maksimal soni 2021 yilda qayd etilgan - 1185 kishi. Shundan soʻng ularning soni asta-sekin kamayib bordi va oxirgi hisobda 753 ta qolgan, bu 2021 yilga nisbatan 36 foizga kam.
Milliarderlar sonining qisqarishini faqat yuanning dollarga nisbatan qadrsizlanishi bilan izohlab boʻlmaydi. Xitoyda dollar milliarderlari soni soʻnggi bir yil ichida 16 foizga kamaydi, yuan dollarga nisbatan 2,5 foizga qadrsizlandi. Oxirgi uch yil ichida Xitoy valyutasi dollarga qaraganda 10 foizga tushib ketdi.
Xitoy tadqiqot instituti taʼkidlaganidek, milliarderlar sonining keskin kamayishi haligacha tiklana olmayotgan Xitoy iqtisodiyotiga COVID-19 pandemiyasining salbiy oqibatlari bilan bogʻliq. Sabab sifatida fond bozorlaridagi pessimistik kayfiyat, hokimiyat tomonidan tazyiq va cheklovlar ham keltirilmoqda.
Hurun'ning fikricha, Xitoydagi eng boy odam ByteDance rahbari Chjan Yiming hisoblanadi. Uning boyligi 49,3 milliard dollarga baholangan, hozirda ikkinchi oʻrinda shisha suv ishlab chiqaruvchi Nongfu Spring kompaniyasining egasi Chjung Shanshan, uchinchi oʻrinda esa Tensent bosh direktori Poni Ma egallagaan, uning boyligi 44,4 milliard dollarga baholangan.