platina.uz
Sport

Rodri Ernandes "Oltin toʻp" sohibiga aylandi

Kuchli beshtalikdan Vinisius Junior, Jud Bellinghem, Dani Karvaxal va "Manchester Siti" hujumchisi Erling Holandlar joy oldi. 

Rodri Ernandes "Oltin toʻp" sohibiga aylandi

Fransiya poytaxti Parijda France Football tomonidan tashkil etilgan "Oltin toʻp" marosimi boʻlib oʻtdi.

Unda "Manchester Siti" va Ispaniya termasi oʻyinchisi Rodri Ernandes nufuzli mukofotni qoʻlga kiritdi.

Rodri oʻtgan mavsumda Yevropa chempionatida zafar quchdi va turnirning eng yaxshi oʻyinchisi boʻldi. Shuningdek, "Siti" safida APLda chempion boʻldi.

Taʼkidlash kerakki, sovrinni "Real" oʻyinchisi Vinisius Junior olishi haqida gap-soʻzlar tarqalgandi. Ammo yakunda bunday boʻlmadi.

Top-5dan quyidagi futbolchilar oʻrin oldi — Vinisius Junior (2), Jud Bellinghem (3), Dani Karvaxal (4) va "Manchester Siti" hujumchisi Erling Holand (5).

Eng yaxshi murabbiy — Karlo Anchelotti ("Real"/Italiya)

Ayollar futbolida eng yaxshi murabbiy — Emma Hayes ("Chelsi"/AQSh)

Eng yaxshi klub — "Real" (Ispaniya)

Eng yaxshi ayollar jamoasi — "Barselona" (Ispaniya).

Eslatib oʻtamiz, 2023 yilda ushbu sovrinni Lionel Messi qoʻlga kiritgandi.

Tavsiya etamiz

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid