platina.uz
Iqtisod

Raqobat qoʻmitasi “DAVR BANK” ATBni jarimaga tortdi

Bank taqdim etayotgan kredit va mikroqarz boʻyicha qoʻshimcha shartlar va muhim maʼlumotlar tashqi reklamalarda koʻrsatilmagani aniqlandi. Bu mijozlarning chalgʻishiga sabab boʻlgan. 

Raqobat qoʻmitasi “DAVR BANK” ATBni jarimaga tortdi

Raqobat qoʻmitasi tomonidan DAVR BANK'ka nisbatan jarima belgilandi.

Raqobat qoʻmitasi tomonidan oʻtkazilgan oʻrganishlar davomida, “DAVR BANK” ATB tomonidan eʼlon qilingan tashqi reklamalarda “Davr mobile ilovasida 50 000 000 soʻmgacha onlayn mikrokredit” mazmunidagi reklama axboroti berilganligi kuzatildi.

Mazkur reklama boʻyicha bankning rasmiy veb-sayti oʻrganilganda, mikroqarz istalgan maqsadlarda foydalanish uchun ajratilishi, “Davr mobile” ilovasi orqali rasmiylashtirilishi, qarz oluvchi kamida oxirgi 6 oy davomida doimiy ish joyiga hamda oylik daromadga ega boʻlgan boʻlishi lozimligi koʻrsatilgan.

Shuningdek, mikroqarz muddati – 60 oygacha, foiz stavkasi – 43,00 foiz, qarz miqdori – 50,0 mln soʻm etib belgilanganligi aniqlangan.

Mikroqarz boʻyicha qoʻshimcha shartlar va muxim maʼlumotlar tashqi reklamada koʻrsatilmagan.

Shuningdek, Toshkent shahrining bir qator koʻchalarida joylashgan LED monitorli reklama obʼektlarida “Tadbirkorlar uchun 5 milliard soʻmgacha kredit, 24 % dan" mazmunidagi reklamalar joylashtirilgan.

Mazkur reklama boʻyicha bankning rasmiy veb-sayti oʻrganilganda, kredit:

-asosiy vositalarni sotib olish uchun;

-muddati – 60 oygacha;

-foiz stavkasi – 32,99 foiz;

-miqdori – 5 milliard soʻmligi haqidagi maʼlumotlar koʻrsatilgan.

Kredit boʻyicha qoʻshimcha shartlar va muhim maʼlumotlar tashqi reklamada koʻrsatilmagan.

Qoʻmita Maxsus komissiyasi tomonidan “Reklama toʻgʻrisida”gi hamda “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunlar talablari buzilish alomatlari yuzasidan “DAVR BANK” ATBga nisbatan belgilangan tartibda ish qoʻzgʻatilib, natijasi yuzasidan moliyaviy jarima qoʻllash haqida qaror qabul qilindi.

Shuningdek, qonunbuzilish holatini bartaraf etish va kelgusida yoʻl qoʻymaslik boʻyicha koʻrsatma berildi, deyiladi qoʻmita xabarida.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid