Abbos Fayzullayev Osiyoning eng yaxshi yosh futbolchisi deb topildi
U yaponiyalik Kagu Navata ("Kamigaku U-18") hamda Janubiy koreyalik Bae Jun Ho ("Stok Siti")ni ortda qoldirib ushbu sovringa ega chiqqan.

Abbos Fayzullayev AFC Awards 2023 Osiyoning eng yaxshi yosh futbolchisi mukofotini qoʻlga kiritdi.
Oʻzbekiston terma jamoasi va Moskvaning SSKA klubi futbolchisi yaponiyalik Kagu Navata ("Kamigaku U-18") hamda Janubiy koreyalik Bae Jun Ho ("Stok Siti")ni ortda qoldirib ushbu sovringa ega chiqqan.
Soʻnggi bor oʻzbekistonliklar ichida 2015 yilda Dostonbek Hamdamov Osiyoning eng yaxshi yosh futbolchisi deb topilgandi.
Qatarlik Akram Afif Osiyoning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Uning jamoasi fevral oyidagi Osiyo kubogida gʻolib boʻlgandi.