platina.uz
Siyosat

Oʻzbekistonning Afgʻoniston va Shveysariyadagi elchilari tayinlandi

Oybek Usmonov Oʻzbekistonning Afgʻonistondagi elchisi lavozimiga tayinlandi. U 2011-2012 yillarda esa Tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari lavozimida ham ishlagan. 

Oʻzbekistonning Afgʻoniston va Shveysariyadagi elchilari tayinlandi

Oʻzbekistonning Afgʻoniston va Shveysariyadagi elchilari tayinlandi.

Oybek Usmonov Oʻzbekistonning Afgʻonistondagi elchisi lavozimiga tayinlandi. Diplomat 62 yoshda. Toshkent davlat universiteti (hozirgi Oʻzbekiston Milliy universiteti)ning filologiya va sharqshunoslik fakultetini tamomlagan, 2020-2024 yillarda Pokistondagi elchi lavozimida ishlagan.

Oybek Usmonov 1998 yildan buyon Tashqi ishlar vazirligi tizimida faoliyat yuritib, markaziy apparatda va mamlakatning xorijdagi diplomatik vakolatxonalarida turli lavozimlarda ishlab kelmoqda.

Kobulga tayinlanishidan oldin u Misr va Pokistondagi elchi, 2011-2012 yillarda esa Oʻzbekiston tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari lavozimlarida faoliyat koʻrsatgan.

Pashtu-dari va ingliz tillarini mukammal biladi.

Oybek Usmonov 2012-2024 yillarda Kobulda elchi boʻlib ishlagan Yodgorxoʻja Shodmonov oʻrniga tayinlandi.

Dilshod Axatov Oʻzbekistonning Shveysariyadagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlandi.

Qayd etilishicha, elchi (qarorgohi Berlin shahrida) 25 oktabr kuni Shveysariya prezidenti Viola Amerdga oʻzining ishonch yorliqlarini topshirgan.

Axatov 2010—2013 yillarda Oʻzbekistonning Germaniyadagi elchisi, shuningdek, Shveysariya, Chexiya, Shvetsiya va Ispaniyada oʻrindoshlik asosida elchi boʻlib ishlagan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid