Gruziya saylovlari: amaldagi hukmron partiya gʻolib boʻldi, muxolifat va prezident natijalarni tan olmadi
Mamlakat prezidenti Salome Zurabishvili hukmron Gruziya orzusi partiyasini saylovlarni soxtalashtirishda aybladi va aholini namoyishlarga chiqishga chaqirdi.

Gruziyada 26 oktabr kuni boʻlib oʻtgan parlament saylovlarida amalda hukmron boʻlgan "Gruziya" orzusi partiyasi gʻalaba qozondi. Ular saylovda qariyb 54 foiz ovoz toʻpladi.
"Men bu saylovlarni tan olmayman. Bu saylovni tan olish mumkin emas", dedi u yakshanba oqshomidagi brifingda. "Bu Rossiyaning bu yerga kelishi, Gruziyaning Rossiyaga boʻysunishini tan olish bilan bir xil".
Zurabishvilining fikricha, ovoz berish natijalari "Gruziya orzusi" foydasiga "butunlay soxtalashtirilgan". Shuning uchun u fuqarolarni dushanba kuni kechqurun boʻlib oʻtadigan norozilik namoyishlarida ishtirok etishga chaqirdi.
"Biz Rossiya maxsus operatsiyasining guvohi va qurboni boʻldik", deb xulosa qildi Zurabishvili.
Deyarli barcha ovozlarni qayta ishlagan Gruziya Markaziy saylov komissiyasi saylov natijalarini eʼlon qiladi, bunda hukmron "Gruziya orzusi" 54 foiz ovoz olgan.
Muxolifat bunga qoʻshilmaydi, ularning ekzit-polllari "Orzu"ni 40-42 foiz qoʻllab-quvvatlaganini koʻrsatdi. Bu degani, muxolifat hukmron partiyadan koʻra jami koʻproq ovoz olishi va parlamentda koalitsiya koʻpchilikni tashkil etishi mumkin edi.
Hozir muxolifat saylovlar "oʻgʻirlangan"ligiga ishonch bildirmoqda.
"Gruziya orzusi" mamlakatda kremlparast partiya sifatida koʻriladi. Ushbu partiya tashabbusi bilan mamlakat xorijiy agentlar va boshqa bir qator qonunlar qabul qilindi. Mazkur harakatlar Gruziya va Gʻarb munosabatlarini chigallashtirdi. Yevropa Ittifoqiga kirish uchun nomzod davlat maqomini olgan Gruziya uchun muzokaralar amalda toʻxtab qoldi.