platina.uz

Bloomberg: gaz plitalari har yili Yevropada 40 mingdan oshiq insonning oʻlimiga sabab boʻlmoqda

Gaz plitasidan foydalanishda hosil boʻladigan azot dioksidi xavfli sanaladi. 

Jahon
28-oktabr 2024 yil
Bloomberg: gaz plitalari har yili Yevropada 40 mingdan oshiq insonning oʻlimiga sabab boʻlmoqda

Ispaniyalik olimlar Yevropa xonadonlaridagi gaz plitalari odamlarning bevaqt oʻlimiga olib kelishi mumkinligini aniqladi. Bu haqda Bloomberg yozmoqda.

Jaume universiteti olimlari tadqiqot oʻtkazdilar, natijada Yevropa Ittifoqi va Buyuk Britaniyada yiliga 40 mingga yaqin bevaqt oʻlimga bino ichida gaz plitasidan foydalanishda hosil boʻladigan azot dioksidi taʼsiri sabab boʻlishi mumkin. Bundan tashqari, bunday moslamalar bolalarda astma xastaligiga olib kelishi mumkin.

Har uchinchi Yevropa oilasida gaz plitalari ishlatiladi. "Jamoat salomatligi nuqtai nazaridan, gaz plitalari zaharli", dedi tadqiqot rahbari Xuana Mariya Delgado-Saborit.

Taʼkidlanishicha, tadqiqot hozircha jahon olimlari tomonidan oʻzaro baholanmagan. U Yevropa iqlim fondi notijorat tashkiloti tomonidan moliyalashtirildi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+