platina.uz

Oʻzbekistonda parlament saylovlari boʻlib oʻtmoqda

Ushbu saylovlar ilk bor aralash tartibda boʻlib oʻtmoqda. Hozirda qator siyosatchilar va arboblar, viloyat hokimlari, siyosiy partiyalar rahbarlari saylovda ovoz berdi. 

Siyosat
27-oktabr 2024 yil
Oʻzbekistonda parlament saylovlari boʻlib oʻtmoqda

Bugun, 27 oktabr kuni Oʻzbekistonda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatligi saylovlari boʻlib oʻtmoqda.

Hozirda qator siyosatchilar va arboblar, viloyat hokimlari, siyosiy partiyalar rahbarlari saylovda ovoz berdi.

Saylovlar Oʻzbekiston tarixida ilk bor aralash tizimda oʻtkazilmoqda.

Hozirda qator siyosatchilar va arboblar, jumladan Mahallalar uyushmasi rahbari Qahramon Quronboyev, OʻzLiDep siyosiy kengashi rahbari Aktam Hayitov, Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov, Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov, Sirdaryo viloyati hokimi Akmaljon Mahmudaliyev, Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev, Qashqadaryo viloyati hokimi Murodjon Azimov, Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov, "Milliy tiklanish" partiyasi rahbari Alisher Qodirov, Xalq demokratik partiyasi rahbari Ulugʻbek Inoyatov, Qonunchilik palatasi spikeri Nurdinjon Ismoilov va boshqalar ovoz berdi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+