platina.uz

Jizzaxda bir guruh energetika mansabdorlari koʻp milliardlik qarzdorlikka sabab boʻlgani aniqlandi

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ  Jizzax shahar elektr taʼminoti energosotish boʻyicha boshliq oʻrinbosari lavozimida ishlagan shaxsning oʻz vazifasiga loqaydligi sababli jami 9 mlrd. 857 mln. 861 ming 200 soʻmlik debitor qarzdorlik kelib chiqqan. 

Jamiyat
27-oktabr 2024 yil
Jizzaxda bir guruh energetika mansabdorlari koʻp milliardlik qarzdorlikka sabab boʻlgani aniqlandi

Jinoyat ishlari boʻyicha Yangiobod tuman sudida bir guruh energetika sohasi mansabdorlariga oid ish koʻrib chiqildi. Sud hujjati Platina.uz ixtiyorida mavjud.

Maʼlum boʻlishicha, sudlanuvchi I.E.I 2018 yildan 2023 yilga qadar “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Jizzax hududiy filiali Doʻstlik tuman elektr taʼminoti energosotish boʻyicha boshliq oʻrinbosari lavozimida ishlab kelgan. U isteʼmolchilarga elektr yetkazib berish va undirish tartibini bilsada, oʻz vazifalariga loqaydlik munosabatda boʻlgan. U yuzaga kelgan qarzdorlikni vaqtida undirish choralarini koʻrmagan. Natijada jami 492 mln. 913 ming 500 soʻm elektr ulgurji isteʼmolchilarga hamda 27 mln. 762 ming 800 soʻmlik elektr energiyasi aholiga yetkazib berilishi natijasida tuman boʻyicha 2024 yil 21 iyul holatiga 520 mln. 676 ming 300 soʻmlik debitor qarzdorlik kelib chiqishiga sababchi boʻlgan.

Sudlanuvchi Sh.E.I 2023-2024 yillarda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Jizzax hududiy filiali Doʻstlik tuman elektr taʼminoti energosotish boʻyicha boshliq oʻrinbosari lavozimida ishlagan. U oʻz vazifasiga loqaydlik bilan qarab, 3 mlrd. 718 mln. 400 ming soʻm ulgurji isteʼmolchilarga hamda 226 mln. 500 ming soʻm aholiga elektr energiyasi yetkazib berilishi natijasida tuman boʻyicha 2024 yil 1 aprel holatiga 3 mlrd. 945 mln. soʻmlik debitor qarzdorlik kelib chiqishiga sababchi boʻlgan.

Sudlanuvchi A.E.I 01.01.2022 yildan 01.05.2022 yilga qadar keyinchalik 13.12.2022 yildan xozirgi kunga qadar “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Jizzax hududiy filiali Jizzax shahar elektr taʼminoti energosotish boʻyicha boshliq oʻrinbosari lavozimida ishlagan. Mazkur shaxs ham jami 9 mlrd. 857 mln. 861 ming 200 soʻmlik debitor qarzdorlik kelib chiqishiga sababchi boʻlgan.

Sudlanuvchi J.E.I 2022-2024 yillarda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Jizzax hududiy filiali Mirzachoʻl tuman elektr taʼminoti energosotish boʻyicha boshliq oʻrinbosari lavozimida ishlagan. U tuman boʻyicha 2024 yil 1 aprel xolatiga 1 mlrd. 37 mln 460 ming soʻmlik debitor qarzdorlik kelib chiqishiga sababchi boʻlib, “Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ Jizzax hududiy filiali manfaatlariga juda koʻp miqdorda zarar yetkazgan.

Boshqa bir sudlanuvchi Sh.K 11.10.2021 yildan hozirgi kunga qadar “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Jizzax hududiy filiali Forish tuman elektr taʼminoti energosotish boʻyicha boshliq oʻrinbosari lavozimida ishlab kelgan. U tuman boʻyicha 2024 yil 1 aprel holatiga 2 mlrd. 699 mln. 216 ming 100 soʻmlik debitor qarzdorlik kelib chiqishiga sababchi boʻlgan.

Sudlanuvchi A.E.I esa 12.10.2022 yildan xozirgi kunga qadar “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Jizzax hududiy filiali Zarbdor tuman elektr taʼminoti energosotish boʻyicha boshliq oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritgan. U 2024 yil 1 aprel holatiga jami 5 mlrd. 962 mln. 700 ming soʻmlik debitor qarzdorlik kelib chiqishiga sababchi boʻlgan.

Yakuniy sud hukmiga koʻra, E.I.ga JKning 207-moddasi 1-qismi bilan JKning 45-moddasi qoʻllanib, 1 yil muddatga davlat ishtirokidagi korxona-muassasalardagi mansabdorlik va moddiy javobgarlik vazifalarida ishlash huquqidan mahrum qilingan holda ish haqining 20 foizini davlat daromadi hisobiga ushlab qolish sharti bilan 1 yil axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi. I.E.Iga esa davlat ishtirokidagi korxona-muassasalardagi mansabdorlik va moddiy javobgarlik vazifalarida ishlash huquqidan mahrum qilingan holda ish haqining 20 foizini davlat daromadi hisobiga ushlab qolish sharti bilan 1 yil 6 oy axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi. Yana bir aybdor Sh.E.Iga ham xuddi shunday jazo qoʻllanildi.

Sudlanuvchi A.E.I.ga nisbatan JKning 207-moddasi 1-qismi bilan JKning 45-moddasi qoʻllanib, 1 yil muddatga davlat ishtirokidagi korxona-muassasalardagi mansabdorlik va moddiy javobgarlik vazifalarida ishlash huquqidan mahrum qilingan holda ish haqining 20 foizini davlat daromadi hisobiga ushlab qolish sharti bilan 1 yil axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi. Boshqa bir ayblanuvchi E.I.Sh.ga ham xuddi shu yoʻsinda jazo tayinlandi.

Sudlanuvchi J.E.I.ga nisbatan ham JKning 207-moddasi 1-qismi bilan JKning 45-moddasi qoʻllanib, 1 (bir) yil muddatga davlat ishtirokidagi korxona-muassasalardagi mansabdorlik va moddiy javobgarlik vazifalarida ishlash huquqidan mahrum qilingan holda ish haqining 20 foizini davlat daromadi hisobiga ushlab qolish sharti bilan 1 (bir) yil axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi.

Sud hujjati Oliy sud ochiq portalidan olindi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+