Bosh vazir Abdulla Aripov parlament saylovida ovoz berdi
Soat 11:00 holatiga koʻra 5,9 mln kishi saylovlarda qatnashgan.
Siyosat
27-oktabr 2024 yil

Abdulla Aripov nabirasi Mirhamid bilan.
Oʻzbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov oila aʼzolari bilan birga Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi 520-saylov uchastkasiga tashrif buyurib, saylovda ovoz berdi.
Shuningdek, Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovida ovoz beruvchilarning ishtiroki toʻgʻrisida axborot berildi.
26 oktabr soat 11:00ga koʻra 5,9 mln kishi ovoz berdi. Bu jami saylovchilarning 29,5 foizidir.