“YandexGo UB” MChJ,“Yandex Eats” MChJ XK hamda“Express24 APP” MChJlar monopol sifatida eʼtirof etildi
Asos sifatida “YANDEX EATS” MChJ XK va “YANDEXGO UB” MChJlarning bu sohalarda ustun mavqega erishilgani haqidagi xabarnomalari koʻrsatilgan.

Raqobat qoʻmitasi tomonidan “YandexGo UB” MChJ,“Yandex Eats” MChJ XK hamda“Express24 APP” MChJlar ustun mavqega (monopol) ega raqamli platforma operatorlari sifatida eʼtirof etildi.
Raqobat qoʻmitasining tegishli buyrugʻi bilan taksi agregatori xizmatlari bozorida “YandexGo UB” MChJ hamda tayyor ovqat va boshqa isteʼmol mahsulotlarini buyurtma berish va yetkazib berish agregatori xizmati bozorida “YANDEX EATS” MChJ XK, “EXPRESS24 APP” MChJ (Express24 xizmati)larni ustun mavqega ega raqamli platforma operatorlari deb eʼtirof etildi.
Asos sifatida “YANDEX EATS” MChJ XK va “YANDEXGO UB” MChJlarning bu sohalarda ustun mavqega erishilgani haqidagi xabarnomalari koʻrsatilgan.
Qoʻmita “YANDEXGO UB” MChJ va “YANDEX EATS” MChJ XKlar tomonidan yangi tartibga solish hujjatlari talablarini bajarilishini olqishlagan.
Shuningdek, Qoʻmita tomonidan ustun mavqega ega raqamli platforma operatorlari ularning faoliyatini raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq, ustun mavqeini suiisteʼmol qilish holatlarini oldini olish maqsadida majburiy tartibda Monopoliyaga qarshi komplayens tizimi joriy etiladi va tegishli tartibda monitoring oʻtkazib borilishi maʼlum qilinadi.
Eslatib oʻtamiz, Raqobat qoʻmitasi oʻtgan yili “YANDEXGO UB” MChJ xizmatlarini taksi bozorida ustun mavqega ega deya topgandi.