Surxondaryo viloyatiga prokuror tayinlandi
Baxtiyor Bobojonov ushbu tayinlovga qadar Bosh prokuratura boshqarma boshligʻi lavozimida ishlagan.

Bosh prokurorning buyrugʻiga asosan adliya katta maslahatchisi Baxtiyor Bekovich Bobojonov Surxondaryo viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi.
Bobojonov tayinlovga qadar Bosh prokuratura boshqarma boshligʻi lavozimida ishlagan.
Surxondaryo viloyati prokurori lavozimida 2019 yildan buyon Sadriddin Turdiyev ishlab kelayotgandi. Turdiyevning yangi ish joyi haqida hozircha maʼlumot yoʻq.
Avvalroq Murodullo Abduhakimov Andijon viloyati prokurori lavozimiga tayinlangandi.