platina.uz
Jamiyat

Kambagʻal oilalar uchun elektr va gaz toʻlovlari uchun kompensatsiya beriladi

Davlat tomonidan  mazkur kompensatsiyalar uchun 370 milliard soʻmdan ortiq mablagʻ ajratildi. Yordam 1,4 mln oilani qamrab oladi. 

Kambagʻal oilalar uchun  elektr va gaz toʻlovlari uchun kompensatsiya beriladi

Kambagʻal oilalar gaz va elektr energiyasi uchun bir martalik kompensatsiyani avtomatik ravishda kartalariga qabul qiladilar. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi maʼlum qildi.

Ushbu mablagʻlar isitish mavsumida gaz va elektr energiyasi xarajatlarini qisman yengillashtirishga xizmat qiladi. Davlat tomonidan mazkur kompensatsiyalar uchun 370 milliard soʻmdan ortiq mablagʻ ajratildi.

Yakuniy roʻyxatlar 2024 yil 27 oktabr kuni tasdiqlanadi.

Bir martali kompensatsiyalar 1,4 mln muhtoj oilani qamrab oladi. Davlat ularni toʻlash uchun 370 mlrd soʻm ajratdi. Oktabr oxirigacha "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi, Mahalla uyushmasi va hokimliklar ehtiyojmandlar roʻyxatini shakllantiradilar.

Isitish mavsumida (noyabr-fevral) kommunal toʻlovlarga xarajatlar ortadi. Ehtiyojmandlarga koʻmak berish uchun, davlat yilda bir marta quyidagilar boʻyicha yordam puli toʻlaydi:

-asosiy roʻyxat boʻyicha. Unga "Yagona ijtimoiy himoya reyestri orqali bolalar nafaqasi va/yoki moddiy yordam oladigan oilalar kiradi (1,2 mln oila);

-qoʻshimcha roʻyxat boʻyicha. Unga boshqa ehtiyojmandlar kiradi (180 ming oila).

Pul kartaga 2024 yil 27 noyabrdan keyin oʻtkaziladi.

Bu kompensatsiya davlat tomonidan koʻrsatiladigan yagona yordam turi emas. Isitish mavsumida ijtimoiy meʼyordan ortiq elektr energiyasi va gaz sarfiyoti uchun ham ehtiyojmand oilalarga qoʻshimcha kompensatsiyalar beriladi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid