Isroil Eron hududiga havo zarbalari uyushtirdi
Mehr agentligi maʼlumotlariga koʻra, Tehronda bir necha portlash sodir boʻlgan. Eron tomoni "uncha katta boʻlmagan zarar" haqida bayonot berdi.

Isroil armiyasi 26 oktabrga oʻtar kechasi Eron hududiga zarbalarni amal oshirdi. Yahudiy davlati qurolli kuchlariga koʻra, maqsad harbiy nishonlar boʻlgan. Poytaxt Tehronda portlashlar yuz berdi.
"Erondagi rejimning Isroil davlatiga qarshi bir necha oy davom etgan hujumlariga javoban Isroil mudofaa kuchlari hozirda harbiy nishonlarga aniq zarbalar bermoqda. Rejim va uning mintaqadagi vakillari 7 oktabrdan buyon yetti jabhada, jumladan Eron hududidan toʻgʻridan-toʻgʻri hujumlar boʻyicha Isroilga hujum qilmoqda", — deyiladi SAXAL Telegram xabarida.
Isroil oʻz hududidagi hujumlarga "javob berishga haqli va majburiyatga ega" deb hisoblaydi. "Mudofaa va hujumdagi imkoniyatlarimiz toʻliq safarbar qilingan", — deyiladi xabarda.
Mehr agentligi maʼlumotlariga koʻra, Tehronda bir necha portlash sodir boʻlgan. Shunga oʻxshash maʼlumotni IRNA agentligi va boshqa qator Eron OAVlari ham keltirmoqda. Keyinchalik shaharda havo hujumidan mudofaa tizimlari ishga tushgani maʼlum boʻldi.
Isroil faqat harbiy nishonlarga zarba berdi, deydi CBS manbalari. Telekanal maʼlumotlariga koʻra, hujum yadro va neft inshootlariga taʼsir qilmagan. NBC manbalarining aytishicha, harbiy kazarma va qurol-yarogʻ omborini nishonga olingan.
Axios maʼlumotlariga koʻra, bu hujum Eronning 1 oktabr kuni Isroilga qarshi yirik ballistik raketa hujumiga javob boʻlgan.
Eron tomoni ham hujumlar borasida bayonot berdi, unga koʻra Tehron, Huziston, Ilam provinsiyalariga zarbalar uyushtirilgan. Yetkazilgan zarar "uncha katta boʻlmagan" deya baholanmoqda.